Mahalliy

Fotih Jalolov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Aktyor mazkur tayinlovga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi

Fotih Jalolov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

7-oktyabr kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi rahbar tanishtirildi.

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Fotih Jalolov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Madaniyat vazirligi xabarida qayd etilishicha, yangi direktorga teatr jamoasi bilan hamjihatlikda ishlash, teatrning ijodiy salohiyatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda milliy teatr san’atini yanada rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.