Floridada 12 kishi, jumladan bolalar jarohatlangan otishmadan soʻng politsiya oʻsmirni qoʻlga oldi
Voqea shanba oqshomida, amrikocha futbol boʻyicha oʻyin endigina yakunlangan stadion yaqinida yuz berdi.

Floridada 12 kishi, jumladan bolalar jarohatlangan otishmadan soʻng politsiya oʻsmirni hibsga oldi
Floridada 12 kishining jarohatlanishiga olib kelgan shanba kungi otishma boʻyicha politsiya bir oʻsmirni hibsga oldi.
Otishma mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da (Grinvich boʻyicha yakshanba 01:00) Tallaxassi shahridagi amerika futboli stadioni yaqinida, universitet oʻyini tugaganidan soʻng sodir boʻlgan.
Mahalliy politsiyaning bildirishicha, 11 kishi oʻqotar quroldan jarohat olgan, yana bir kishi esa voqea joyidan qochayotganda toʻpigʻini shikastlagan. Jarohatlanganlarning ortidan olti nafari bolalardir.
15 yoshli Entoni Rivers III ga 11 ta ikkinchi darajali qotillikka suiqasd va voyaga yetmagan shaxs tomonidan oʻqotar qurolni saqlash ayblovlari qoʻyilgan.
Politsiyaning taʼkidlashicha, otishma bir-birini tanigan odamlar oʻrtasidagi dahanaki jang ortidan kelib chiqqan va yana boshqa hibsga olishlar boʻlishi mumkin.
Bayonotda aytilishicha, jabrlanuvchilarning hech biri ataylab nishonga olinmagandek koʻrinadi.
"Jamoamizda bayram boʻlishi kerak boʻlgan dam olish kunlari jabrlanuvchilar va ularning oilalari uchun vahma va zoʻravonlik kechasiga aylandi", dedi Tallaxassi politsiya boshligʻi Lorens Revell.
"Biz aybdorlarni javobgarlikka tortish va ushbu fojiadan jabr koʻrgan har bir oilaga javob topish majburiyatiga sodiq qolamiz."
Yakshanba kuni politsiya olti kishi kasalxonada ekanini, jumladan bir kishining ahvoli ogʻirligini maʼlum qildi. Boshqa besh kishiga esa javob berilgan.
Revell yakshanba kungi matbuot anjumanida futbol oʻyini tufayli yuzaga kelgan tirbandlik sababli ofitserlar tez yordam xodimlariga yetib olish uchun jabrlanganlarni qoʻllarida koʻtarib borishlariga toʻgʻri kelganini aytdi.

