Flik “Barselona”ning transfer bozoridagi keyingi rejalariga oydinlik kiritdi

Flik "Barselona"ning transfer bozoridagi kelgusi rejalari haqida ma'lumot berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida jamoada kutilayotgan o'zgarishlar va ehtimoliy xaridlar borasida o'z fikrlarini bildirdi. Germaniyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, klub rahbariyati yangi o'yinchilar ustida ishlamoqda.
"Hozirgi tarkibdan ko'nglim to'q. Klub sport direktori bozordagi vaziyatni kuzatib turibdi. Agar jamoamizni chindan ham kuchaytira oladigan variant paydo bo'lsa, u albatta ishga kirishadi. Ammo hozir bizni hech kim transfer qilishga majburlayotgani yo'q. Asosiy maqsad — kimnidir olib kelish emas, balki aynan bizni kuchaytiradigan xaridni amalga oshirish", deydi Flik.
Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" ustozi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar markaziy hujum chizig'iga yangi futbolchi izlayotganini yashirmadi. Lekin u shunda ham klub har qanday narx evaziga kimnidir sotib olishga urinmasligini qat'iy ta'kidlagan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kataloniya klubi ushbu pozitsiyaga asosiy nomzod sifatida "Atletiko" a'zosi Xulian Alvaresni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, Madrid klubi rahbariyati o'z hujumchisini chempionatdagi raqibiga berib yuborish niyatida emasligini ma'lum qilgan.

