FlickOut trendda: “Barselona” muxlislari bosh murabbiyning iste’fosini talab qilmoqda

FlickOut trendda: "Barselona" muxlislari bosh murabbiyning iste'fosini talab qilmoqda
"Barselona" yangi mavsumni boshlaganiga qaramay, muxlislar bosh murabbiy Xans-Diter Flikning iste'fosini talab qilishmoqda. Kecha La Liganing 1-turida "Elche"ga qarshi safarda 5:0 hisobida yirik g'alaba qozonilganiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda #FlickOut xeshtegi trendga aylandi.
Muxlislarning noroziligiga jamoa himoyachisi Aleks Balde bilan bog'liq vaziyat sabab bo'lgan. OAV xabarlariga ko'ra, futbolchi yaqin kunlarda Kataloniya poytaxtini tark etadi. Balde La Liganing birinchi turida "Elche"ga qarshi o'ynashga tayyor bo'lgan, ammo kutilmaganda tarkibdan chetda qoldirilgan. Ispaniyalik insayderlarning ma'lumotiga ko'ra, bu qarorni "Barselona" bosh murabbiyi Flik shaxsan qabul qilgan.
Ushbu qarordan so'ng muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda #FlickOut xeshtegini trendga chiqarib, o'z noroziliklarini bildirishni boshladilar.
"Men 2028-yil iyun oyini (Flikning shartnomasi tugaydigan sana) intiqlik bilan kutyapman. #FlickOut"
"Eng qiyin davrimizda bizga kelajakka umid baxsh etgan bir nechta lahzalar bo'ldi. Baldening Chempionlar Ligasidagi debyutida "Bavariya"ga qarshi zaxiradan maydonga tushishi, albatta, ulardan biri edi. #FlickOut"
"Jiddiy savol: Flik avtobus ostiga axlat kabi tashlab yuboradigan La Masianing keyingi o'yinchisi kim bo'ladi? #FlickOut"
"U (Balde) ketishda qat'iy turib olmagandiku? Demak, bularning barchasi Flikning ishimi? #FlickOut"
Bir muxlis nemis murabbiyi qo'l ostida yosh futbolchilarning o'yini ortga ketayotganini ta'kidladi: "Aynan! Masxaraboz murabbiy! Klubimni tark et, masxaraboz! #FlickOut"
"Flick o'zining ahmoqligi bilan uzoq muddatli loyihani barbod qildi. Bularning barchasi qulab borayotgan Madrid klubi va La Liganing boshqa jamoalariga qarshi ichki chempionliklar uchun. #FlickOut"
"Rostini aytsam, Xansi Flick ahmoqona yo'l tutyapti. La Masia bitiruvchilarini siqib chiqarishga qaratilgan g'oya shunchaki qabul qilinishi mumkin emas. Bu bizning klubimiz qadriyati. #FlickOut"

