Sport

FIFA sobiq rahbari: “Infantino va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar jahon futboliga zarar yetkazmoqda”

FIFAning avvalgi rahbari: "Infantino va Tramp aloqalari jahon futboliga ziyon yetkazmoqda"

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning sobiq prezidenti Yozef Blatterning ta'kidlashicha, tashkilotning hozirgi rahbari Janni Infantino va AQSH prezidenti Donald Tramp o'rtasidagi munosabatlar jahon futboliga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Avvalroq FIFA media va tijorat huquqlarini boshqaradigan yangi tuzilmaning qariyb 20 foiz aksiyalarini xususiy investorlarga sotish orqali 4,2 milliard dollar sarmoya jalb qilishni rejalashtirayotganini e'lon qilgan edi. Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) esa FIFAning bu rejalarini tanqid qilib bayonot berdi. OAV xabarlariga ko'ra, ushbu aksiyalarni Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi Joshua Kushnerga tegishli investitsiya fondi sotib olishi mumkin.

FIFAning sobiq rahbari bu holatga shunday munosabat bildirdi:

"FIFA rahbari va AQSH prezidenti o'rtasidagi yaqin munosabatlar moliyaviy tus oldi, bu esa futbolga jiddiy zarar yetkazmoqda. Hech kim bizning o'yinimizni sotib yuborishga haqli emas", deb yozdi Blatter o'zining X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Ma'lumot uchun, Janni Infantino 2016-yilda tashkilotdagi yirik korrupsion mojaro va Yozef Blatterning o'z lavozimidan muddatidan avval ketishidan so'ng FIFA prezidenti etib saylangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.