FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi
Toshkent xalqaro aeroportida Infantinoni sport vaziri Adkham Ikramov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatovlar kutib

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi
FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya rasmiy safar bilan O‘zbekistonga yetib keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida Infantinoni sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashrif O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar orasida futbolni keng ommalashtirish hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan.
Tashrif doirasida 30-sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda barpo etilgan zamonaviy futbol maydonlari ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Shuningdek, FIFA delegatsiyasi poytaxtdagi Olimpiya shaharchasi, «Yangi Toshkent markaziy futbol o‘yingohi» hamda Milliy futbol markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston va FIFA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar ham joy olgan.

