Iqtisodiyot

Ferrari va Lamborghini «vatani» Namangan bilan hamkorlik oʻrnatmoqda

Namangan viloyati va Italiyaning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hududlaridan biri - Emiliya-Romanya oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Hududlar sanoat, investitsiya, innovatsiya va sunʼiy intellekt sohalarida hamkorlik qilishi mumkin.

Ferrari va Lamborghini «vatani» bo‘lgan Namangan bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Emiliya-Romanya viloyati prezidenti Mikele de Paskale bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida hududlararo hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Shu doirada Emiliya-Romanya va Namangan viloyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Tomonlar ikki hududning yuqori sanoat va ishlab chiqarish salohiyati hamkorlik uchun mustahkam zamin bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Xususan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari borligi aytildi.

Shuningdek, Emiliya-Romanya kompaniyalarini O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirishga jalb etish, ikki hudud o‘rtasida texnologik va innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda sun’iy intellekt va yuqori unumdorlikka ega hisoblash texnologiyalari yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi. Emiliya-Romanyadagi mavjud infratuzilmadan foydalangan holda O‘zbekiston bilan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Emiliya-Romanya Italiyaning iqtisodiy va sanoat jihatdan eng rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. 2025-yilda uning yalpi hududiy mahsuloti qariyb 203 mlrd yevroni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM bo‘yicha hudud Italiyada ikkinchi o‘rinda turadi.

Emiliya-Romanya mashinasozlik, avtomobilsozlik, agrooziq-ovqat sanoati, qadoqlash texnologiyalari va farmatsevtika sohalarida yuqori salohiyatga ega. Ferrari, Lamborghini, Ducati, Max Mara, Technogym, Pagani, Dallara va Barilla kabi jahonga mashhur kompaniyalar ham shu hududda faoliyat yuritadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.