FAW texnikasini endi yanada qulay shartlarda oling — kredit foizlari pastladi!
Bugungi kunda «VUM» MChJ O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab keng dilerlik tarmog‘iga ega bo‘lib, mijozlarga FAW rusumidagi

FAW texnikasini endi yanada qulay shartlarda xarid qiling — kredit foizlari pasaydi!
Yuk mashinasini sotib olish qarorini qabul qilish oson, biroq uni moliyalashtirish shartlari ko‘pincha murakkablik tug‘diradi. Shu nuqtai nazardan, «VUM» MChJ mijozlari uchun quvonchli yangilik bor: «Hamkorbank» bilan hamkorlikda taklif etilayotgan kredit foizlari sezilarli darajada kamaytirildi.
Nima o‘zgardi?
Endi FAW texnikasini kredit asosida olish avvalgidan ancha arzon va qulay bo‘ldi. Masalan, boshlang‘ich to‘lovsiz (0%) — atigi 15,5 foizdan boshlab 12 oy muddatga rasmiylashtirish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov qancha yuqori bo‘lsa, foiz ham shuncha pasayadi — 60 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan esa 12 oy muddatga 5,5 foizgacha tushadi.
«VUM» MChJ haqida
«VUM» MChJ 2022 yil sentyabr oyidan boshlab «China FAW Group Co., Ltd.» bilan rasmiy dilerlik shartnomasini imzolab, FAW brendi ostidagi tijorat texnikalarini O‘zbekiston bozorida sotish va rivojlantirish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda «VUM» MChJ O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab keng dilerlik tarmog‘iga ega bo‘lib, mijozlarga FAW rusumidagi zamonaviy va ishonchli yuk avtomobillarini xarid qilish, shuningdek, servis va texnik xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Olmaliq shahrida joylashgan dilerlik markazimizga tashrif buyurib, FAW texnikalari bilan yaqindan tanishishingiz, mutaxassislarimizdan batafsil ma’lumot olishingiz hamda o‘zingiz uchun mos avtomobilni tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, mijozlarga bepul test-drayv xizmati ham taqdim etiladi — texnikaning qulayligi va boshqaruvini o‘z qo‘lingiz bilan sinab ko‘rishingiz mumkin.
Past foizlar, uzoq muddat va moslashuvchan shartlar — bularning barchasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Olmaliqdagi dilerlik markazimizga tashrif buyuring va o‘zingizga mos FAW texnikasini yangi, qulay shartlarda tanlang!

