Farzandingiz katta bo‘lmasidan avval birga tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan qiziqarli multfilmlar

Farzandingiz ulg‘aymasidan avval birga ko‘rishingiz shart bo‘lgan qiziqarli multfilmlar
Bugungi kunda multfilmlar tanlovi juda keng, ayniqsa, 2022-yil bu borada sermahsul bo‘ldi. Ko‘plab ertaklar orasida bolalarga hayotdagi muhim qadriyatlarni va insoniy munosabatlarning nozik jihatlarini tushunishga yordam beradiganlari ham bor.
**“Etik kiygan mushuk-2: So‘nggi tilak”, 2022 (AQSH)**
Foto: Filmdan kadr
Etik kiygan mushuk deyarli butun umrini sarguzashtlarga bag‘ishlab, to‘qqizta hayotidan faqat bittasini qoldiradi. Shunga qaramay, u so‘nggi orzusini topish va yo‘qotgan hayotlarini qaytarish uchun yangi, qiziqarli sarguzashtga otlanadi. Bu multfilm bolalarga ziyrak va aqlli bo‘lish muvaffaqiyatga erishishga yordam berishini o‘rgatadi.
**“Balerina”, 2016 (Fransiya, Kanada)**
Foto: Filmdan kadr
“Balerina” multfilmining syujeti yetim qizning balerina bo‘lish orzusi atrofida qurilgan. U Parijdagi mashhur maktabga keladi, ammo orzusiga yetishish oson kechmaydi. Film shuni uqtiradiki, nafaqat o‘zingiz yoqtirgan ishni qilish va maqsad sari intilish, balki haqiqiy istaklaringiz qayerdaligini tushunish ham muhimdir. Shuningdek, qilayotgan ishingiz boshqalarga past nazar bilan qarashga olib kelmasligi, boshingizni aylantirmasligi juda muhim.
**“Dengiz qiyaligidagi Ponyo”, 2008 (Yaponiya)**
Foto: Filmdan kadr
Sehrgar va dengiz ma’budasining qizi bo‘lgan kichkina baliq Ponyo o‘z uyidan uzoqqa suzib, odamlar dunyosiga tushib qoladi. U bolakay Sosuke bilan do‘stlashadi va oxir-oqibat insonga aylanishni xohlaydi. Ushbu multfilm mehr-oqibat, sabr-toqat, dunyoga ochiqlik, do‘stlik va o‘zaro yordamni tushunishga o‘rgatadi.
**“Transilvaniya”, 2012 (AQSH)**
Foto: Filmdan kadr
Graf Drakula boshchiligidagi maxluqlar odamlardan yashiringan holda sirli mehmonxonada yashaydi. Drakula o‘zining sevikli qizini yolg‘iz o‘zi tarbiyalab, uni odamlardan himoya qiladi. Ammo sayyoh yigit mehmonxonaga kirishi bilan sokin hayot buziladi. Multfilm bolaga insonni tashqi ko‘rinishiga qarab hukm qilish mumkin emasligini tushunishga yordam beradi, chunki asosiy narsa uning qalbida. Oila — hayotdagi eng muhim narsa, ammo bolalar va ota-onalar har doim ham bir-birlarini tushunishmaydi. Bolalar ota-onalari tomonidan haddan tashqari himoyalanganliklarini anglashlari, ota-onalar esa farzandlariga ko‘proq erkinlik berishlari kerakligini tushunishlari lozim.
**“Omad”, 2022 (AQSH, Ispaniya)**
Foto: Filmdan kadr
Sem Grinfild — koinotdagi eng omadsiz qahramon. Taqdirning kutilmagan burilishida u aqlbovar qilmaydigan Omad mamlakatiga borib qoladi va o‘z omadini qaytarib olish uchun ajoyib sehrli mavjudotlar bilan birlashadi. Sehr va sarguzashtlarga to‘la bu hayajonli hikoya hech kimni befarq qoldirmaydi. Multfilm ba’zida kuchliroq bo‘lish va xohlagan narsangizga erishish uchun muvaffaqiyatsizliklar ham kerakligini o‘rgatadi.
**“Sening isming”, 2016 (Yaponiya)**
Foto: Filmdan kadr
Tokiolik yigit va qiz haqidagi mazkur hikoya o‘smirlarga yoqadi. Yoshlar ular o‘rtasida g‘alati va tushunarsiz aloqa borligini payqaydi. Tushida ular tanalarini almashtirib, bir-birlarining hayotini yashab ko‘radi. Ammo bir kuni bu qobiliyat yo‘qoladi va ular nima bo‘lganini aniqlashga qaror qilishadi. Multfilm tomoshabinlarga tasodifning hayotda qanday rol o‘ynashi, haqiqiy sevgini qanday ajratish va nega vaqt haqiqiy his-tuyg‘ular va yoshlikning kutilmagan holatlariga qarshi ojiz ekanligi haqida o‘ylash imkonini beradi.
**“Paranorman yoki zombilarni qanday o‘rgatish kerak”, 2009 (AQSH)**
Foto: Filmdan kadr
Butun shaharcha Normandan umidvor. Axir u super sovg‘aga ega — aholini bezovta qiladigan arvohlar bilan muloqot qilish qobiliyati. Faqat u qadimiy tavqi la’natni bekor qila oladi. Biroz qo‘rqinchli multfilm muhim muammolarni qo‘rqmay yechishni o‘rgatadi: biz tushunmagan narsamizdan qo‘rqamiz va qo‘rquvimizni yo‘q qilishga harakat qilamiz. Ba’zida esa shunchaki yordam qo‘lini cho‘zish va hamdard bo‘lishning o‘zi ham juda muhim.
**“Smolfut”, 2018 (AQSH)**
Foto: Filmdan kadr
Migo ismli qor odam o‘z tog‘ining tepasidan odamlarning noma’lum dunyosiga tushadi, u yerda uni ko‘plab kashfiyotlar kutmoqda. Tabiatga g‘amxo‘rlik qilish, hayvonlarni xafa qilmaslik va har bir tirik mavjudotni qadrlash kerakligi haqidagi ajoyib multfilm. Shuningdek, do‘stlik, xiyonat, o‘zaro yordam va jasorat haqida ham hikoya qilinadi.
**“Olg‘a”, 2020 (AQSH)**
Foto: Filmdan kadr
Aka-uka elflar ertaklar olamida yashaydi, lekin zamonaviy inson dunyosiga juda o‘xshaydi. Kutilmagan kashfiyot ularni haqiqiy sehr-jodu izlash uchun sayohatga chorlaydi. Yaqin odamlarni qadrlash qanchalik muhimligi haqida hikoya, chunki ko‘pincha yaqinlarimizni qadrlamaymiz. Dunyo har birimizning yuragimizda saqlanadigan sehrga muhtoj.
**“Dengiz maxluqi”, 2022 (AQSH, Kanada)**
Foto: Filmdan kadr
Yoshgina qiz dengiz maxluqini ovlash uchun ketayotgan afsonaviy ovchi kemasiga chiqib oladi va noma’lum joylarga sayohat qiladi. Tarixiy yozuvlar va odam hamda maxluq o‘rtasidagi chegaralarning qo‘shilib ketishi — bunday global mavzu mazkur yangi multfilmda ko‘tarilgan.
**“Qizil tuflicha va 7 gnom”, 2019 (Janubiy Koreya)**
Foto: Filmdan kadr
Bir kuni ertaklar qirolligida bir qiz uni go‘zal malikaga aylantira oladigan sehrli tufli topib oladi. Xuddi shu qirollikda bir vaqtlar shahzoda bo‘lgan 7 yashil gnom yashaydi. Bir kun kelib ularning yo‘llari kesishadi. Do‘stlik, sevgi, go‘zallik va yordam — multfilm ushbu muhim mavzularni ko‘taradi. Ammo u bolalarga o‘zini, tashqi ko‘rinishini qabul qilish va qanday odam ekanligini anglash qanchalik muhimligini uqtiradi.

