Iqtisodiyot

Farmon: 100 trln soʻmlik aktivlar xususiylashtiriladi

Prezident farmoni bilan, joriy yilda umumiy qiymati 100 trillion soʻmga yaqin aktivlar va yer uchastkalarini savdoga chiqarish hamda joriy yilning oʻzida kamida 14 trillion soʻmlik tushumni taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Turonbank, “Oʻzekspomarkaz”, Xalqaro hamkorlik markazi (suratda) va hududlardagi bozorlar xususiylashtiriladi. 2022-yilda sotilgan Humo Air kompaniyasi yana xususiylashtirish dasturiga kiritildi.

Farmon: 100 trln soʻmlik aktivlar xususiylashtiriladi

2026-yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hamda xususiylashtirish dasturining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi:

Farmon bilan 2026-2027 yillarda ommaviy savdolarga chiqariladigan aktivlar, jumladan aksiya paketlari (ulushlar) roʻyxati tasdiqlandi.

Roʻyxatga Humo Air aviakompaniyasi (2022-yilda xususiylashtirilgan edi), Turonbank, “Oʻzekspomarkaz”, Xalqaro hamkorlik markazi, “Xalq Sugʻurta”, Oqtosh pansionati, bir nechta avtomobil yoʻllaridan foydalanish korxonalari, hududlardagi bozorlar va boshqalar kiritilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.