Mahalliy

Fargʻona viloyati va Xenan ilmiy hamkorlikni mustahkamlaydi

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Xitoyning Xenan Fanlar akademiyasi bosh muhandisi Goa Yan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Farg‘ona viloyati va Xenan o‘rtasida ilmiy hamkorlik mustahkamlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Xitoyning Xenan Fanlar akademiyasi bosh muhandisi Goa Yan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati va Xenan Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy platforma tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan, aqlli sug‘orish tizimlarini tatbiq etish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mineral tahlil laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida investorlar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti alohida qayd etilib, ilgari surilgan loyihalarni Xitoyning ilg‘or tajribasi asosida amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Muloqotda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tashabbuslar doirasida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.