Mahalliy

Farg‘onada qaynopasiga oshxona chopqisi bilan jarohat yetkazgan shaxs 5 yilga qamaldi

Farg‘onada qaynopasini oshxona chopqisi bilan jarohatlagan erkak 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida oilaviy kelishmovchilik chog‘ida xotinining opasiga oshxona chopqisi bilan tan jarohati yetkazgan erkak 5 yilga qamaldi.

Ish materiallariga ko‘ra, er-xotin avval telefonda tortishib qolgan. Erkak xotiniga uyga kelishini va uni kutib turishini aytgan. Ayol esa uyga opasi bilan borgan va er-xotin o‘rtasidagi janjal xonadonda ham davom etgan.

Janjal paytida erkak xotiniga oshxona chopqisi bilan jarohat yetkazmoqchi bo‘lgan. Ammo chopqi ularni ajratishga uringan ayolning opasiga tekkan.

Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli uning hayoti saqlab qolingan.

Jabrlanuvchi sud majlisida hozir ham davolanayotganini bildirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi erkakni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismining “i” bandida (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish inson aʼzolarini va to‘qimalarini olish maqsadida) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topgan.

Unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo umumiy tartibli koloniyada o‘talishi belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.