Farg‘onada «ozdirish uchun kofe»lar savdosi to‘xtatildi
Tergov doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarosi ham ushlangan

Farg‘onada «ozdirish uchun kofe»lar savdosi to‘xtatildi
Farg‘ona shahrida ozdirish uchun mo‘ljallangan kofe va biologik qo‘shimchalarni noqonuniy sotish holati fosh etildi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston fuqarosi 4 turdagi mahsulotni shartli xaridorga oldindan kelishilgan 65 million so‘m evaziga sotayotgan paytda qo‘lga olindi.
Uning ko‘rsatmasi asosida O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarosi ham ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan mahsulotlarning 2 turi — jami 4 ming 860 dona “Catalina Coffee” va “For x5 mixed coffee” tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi “sibutramin” moddasi borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

