Farg‘onada muqaddam sudlangan suv ta’minoti xodimi pora bilan ushlandi
U go‘yoki 8,4 mln so‘m qarzdorlik holati yuzasidan o‘rganish dalolatnomasini yo‘q qilish evaziga pul so‘ragan.

Farg‘onada muqaddam sudlangan suv ta’minoti xodimi pora bilan ushlandi
Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan «Farg‘ona suv ta’minoti» xodimi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvda aniqlanishicha, «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Furqat tumani bo‘limi xodimi X.T. (muqaddam sudlangan) «A.P.» MChJga nisbatan ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan o‘rganish dalolatnomasini rasmiylashtirgan bo‘lsa-da, go‘yoki fuqaro J.M.ning MChJ hududidagi sexida 8,4 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha ham dalolatnoma rasmiylashtirganini aytib, agar 2 mln so‘m bersa, dalolatnomani yo‘q qilib berishini va’da qilgan. Shu tariqa u fuqaroning 2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Keyin X.T. tomonidan 2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

