Mahalliy

Farg‘onada «Damas» kanalga tushib ketdi: FVV tafsiloti

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Farg‘onada «Damas» kanalga tushib ketdi: FVV tafsiloti

Kuni kecha Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qo‘shtepa tumani «Langar» MFYdagi Mirobod ko‘chasidan oqib o‘tuvchi «Katta Farg‘ona» kanaliga «Damas» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotgani sababli tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika hamda qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan olib chiqishgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.