Farg‘onada 4 kg gashishni 40 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 4 kg gashishni 40 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 4 kilogramm gashishni 40 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlangan.
4-sentyabr kuni “Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB, IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.
Unda Beshariq tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga to‘rt bo‘lakdan iborat, jami og‘irligi 4 kilogramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasini 40 ming dollarga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida qora bozordagi qiymati 480 million so‘m deb baholangan giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Natijada qariyb 2 kilogramm giyohvandlik vositalarining aholi orasida tarqalishining oldi olingan.

