Farg‘ona viloyatida ta’magirlikda gumonlangan muhandis qo‘lga olindi
U issiqxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib

Farg‘ona viloyatida ta’magirlikda gumon qilingan muhandis qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida ETK muhandisi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Qo‘shtepa tumani ETK muhandisi D.T. fuqaro S.Q.ning “Xumdon” MFY hududidagi issiqxonasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanganligi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

