Faqat gipsokarton emas: pardevorning mustahkamligi va tovush izolyatsiyasi nimalarga bog‘liq?
KNAUF Toshkentdagi tadbirda pardevorlarning mustahkamligi, tovush izolyatsiyasi va yong‘inga chidamliligi nimalarga bog‘liqligini amaliy namoyish etdi. Tashrif buyuruvchilar turli konstruksiyalarni sinab, gipsokarton pardevor bir nechta elementdan tashkil topgan tizim ekanini ko‘rdi.

Faqat gipsokarton emas: pardevorning mustahkamligi va tovush izolyatsiyasi nimalarga bog‘liq?
Pardevor tanlashda faqat tashqi material yoki narxni baholash yetarli emas. Tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan ikki devor mustahkamligi, tovush izolyatsiyasi, yong‘inga chidamliligi va og‘ir buyumlarni ko‘tara olish imkoniyati bo‘yicha bir-biridan farq qilishi mumkin.
Buning sababi nimada ekanini KNAUF kompaniyasi 8−9-avgust kunlari Toshkentdagi Central Park’da bo‘lib o‘tgan “Pardevorlar: o‘zingiz tekshirib ko‘ring” tadbirida namoyish etdi.
Tashrif buyuruvchilar konstruksiyalarni kesim holida ko‘zdan kechirdi, ularni mustahkamlikka sinadi va tovush izolyatsiyasini tekshirdi. Ular gipsokarton pardevor alohida list emas, balki metall karkas, bir nechta qatlam, mahkamlash elementlari va izolyatsiya materiallaridan tashkil topgan tizim ekanini ko‘rishi mumkin bo‘ldi.
Aynan ushbu elementlarning uyg‘unligi va montaj sifati tayyor devorning xususiyatlarini belgilaydi. Tizim va mahkamlash elementlari to‘g‘ri tanlanganda pardevorga televizor, tokcha, shkaf va ko‘zgu o‘rnatish, shuningdek, velosiped va boshqa buyumlarni mahkamlash mumkin.
“Har bir tizim uchun u qanday seysmik yuklamaga mo‘ljallangani, qanday tovush izolyatsiyasi darajasini ta’minlashi va yong‘in ta’siriga qancha vaqt bardosh berishi ko‘rsatilgan. Buyurtmachi o‘ziga kerakli xususiyatlarga ega tizimni tanlashi mumkin”, — dedi KNAUF’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha tijorat direktori Shuhrat Abdujalilov.
Konstruksiya xonaning vazifasiga mos bo‘lishi kerak. Masalan, oddiy xonalararo devor bilan yotoqxona va shovqinli mehmonxona o‘rtasidagi pardevor uchun turli darajadagi tovush izolyatsiyasi talab qilinishi mumkin.
KNAUF’ning interaktiv namoyishlari davom etadi:
Jarayonda ishtirokchilar pardevorlarning tuzilishini o‘rganishi, konstruksiyalarni sinab ko‘rishi va mutaxassislardan maslahat olishi mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida.

