Mahalliy

FAO mutaxassislari O'zbekiston qishloq xo'jaligi statistikasini o'rganadilar

Joriy yilning 17 avgust kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) eksperti Mariana Toteva hamda tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy statistigi Rasmiya Aliyeva Milliy statistika qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

FAO mutaxassislari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi statistikasini ko‘rib chiqishmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari Mariana Toteva va tashkilotning Yevropa hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy statistigi Rasmiya Aliyeva joriy yilning 17-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha mavjud ma’lumotlar va metodologiyalarni o‘rganish, ularni solishtirish, shuningdek, yillik qishloq xo‘jaligi statistikasida integratsiyalashgan va modulli yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.

Tashrif doirasida 18-avgust kuni Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamrayev, markaziy apparat mas’ul xodimlari va FAO ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish va muntazam statistika kuzatuvlari doirasida shakllantirilgan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash, ular o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlash va kelib chiqish sabablarini tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi statistikasida qo‘llaniladigan tushuncha, ta’rif, tasnif va metodologiyalarni uyg‘unlashtirish, ma’lumotlarning o‘zaro izchilligi, aniqligi va davomiyligini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida ma’lumotlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va metodologik yondashuvlarni milliy statistika amaliyotiga joriy etish hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilab olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

FAO ekspertlarining Milliy statistika qo‘mitasiga tashrifi 21-avgustga qadar davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.