Texnologiya

Fanlar akademiyasi olimlari elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari va tadqiqotchilari tomonidan Jizzax magistral elektr tarmoqlari filialining 110/10 kV “Chilonzor” podstansiyasida tadqiqotlar o‘tkazildi.

Fanlar akademiyasi mutaxassislari elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari va tadqiqotchilari Jizzax magistral elektr tarmoqlari filialiga qarashli 110/10 kV “Chilonzor” podstansiyasida tadqiqotlar o‘tkazdi.

Akademiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu tadqiqotlar davomida elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlar miqdori, transformatorning yuklanish rejimi, reaktiv quvvat balansining holati va izolyatsiya resursining eskirish darajasi chuqur tahlil qilindi.

"O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quvvat koeffitsiyenti ko‘rsatkichini me’yoriy darajaga yaqinlashtirish uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni o‘rnatish, SCADA tizimi orqali masofadan boshqarish va real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlarini joriy etish, yuklama grafigini optimallashtirish maqsadida iste’mol profilini raqamli modellashtirish hamda boshqa bir qator ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ushbu ilmiy yechimlarning amaliyotga tatbiq etilishi texnik yo‘qotishlarning sezilarli darajada kamayishiga, elektr ta’minoti ishonchliligining oshishiga va mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi", — deyiladi xabarda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.