Mahalliy

Fan olimpiadasi g‘oliblari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiladi

O‘zbekistonda respublika va viloyat darajasidagi fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmalari bilan rag‘batlantiriladi. Hukumatning tegishli qarori bilan mazkur tartib tasdiqlandi.

Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hukumatning 2026-yil 24-iyuldagi 406-sonli qarori bilan "Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizomga ko‘ra, respublika bosqichida g‘olib chiqqan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekistonning turistik ob’yektlariga 3 kunlik sayohat yo‘llanmasi beriladi. Viloyat bosqichi g‘oliblari esa boshqa viloyatlardagi turistik maskanlarga 2 kunlik sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sayohat tadbirlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin yo‘llanma egalariga sayohat sanasi va manzili haqida ma’lumot beriladi.

Yo‘llanma doirasida transport xizmati, yashash va ovqatlanish, ekskursiyalar, gid xizmati, turistik ob’yektlarga kirish chiptalari hamda sayohat sug‘urtasi bilan bog‘liq barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.