Sport

Fabio Kannavaro: “Mening yillik maoshim 4 mln yevro emas”

Fabio Kannavaro: "Yillik maoshim 4 million yevro emas"

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jurnalistlar bilan uchrashuvda o‘zining maoshi haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

Italiyalik mutaxassis matbuot anjumani chog‘ida yillik daromadi 4 million yevro ekanligi haqidagi xabarlarni qat’iyan inkor etdi.

"Mening yillik maoshim 4 million yevro emas. Bunday noto‘g‘ri ma’lumotlar tez-tez tarqalmoqda, ammo ularga ishonmaslik kerak", — dedi Kannavaro.

Shuningdek, yig‘ilishda Kannavaro bilan birga kelgan yordamchi murabbiylarning maoshi qanday to‘lanishi masalasiga ham oydinlik kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) murabbiylar shtabidagi yordamchilarga alohida maosh to‘lamaydi.

Ular Kannavaroning shartnomasi doirasida ishlaydi, ya’ni yordamchilarning oylik haqi bosh murabbiyga ajratilgan umumiy mablag‘ hisobidan qoplanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.