E’zozxon Karimova Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
E’zozxon Karimova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. U bungacha maktabgacha va maktab ta’limi vaziri edi. Ushbu lavozim vazirlikning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirish to‘g‘risidagi qaror munosabati bilan tugatildi.

E’zozxon Karimova Ma’naviyat va ma’rifat markaziga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi
E’zozxon Gapirjanovna Karimova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda markaz matbuot xizmati.
U bungacha 2025-yil iyunidan beri maktabgacha va maktab ta’limi vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Mazkur lavozim Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini yagona Ta’lim va fan vazirligiga birlashtirish haqidagi qaror sabab tugatildi.
E’zozxon Karimova 1973-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. 1990-yilda Hamid Olimjon nomidagi o‘rta maktabni imtiyozli diplom bilan tamomlab, Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kirgan.
Karimova 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbarlik qilgan. 2005-yilda esa Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.
E’zozxon Karimova 2021−2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021−2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2023−2024-yillarda u Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan. Keyin esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Vazir bo‘lishidan oldin u 2025-yil mayidan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori edi.

