ETÉRA Mall eng kutilgan savdo-ko‘ngilochar markazi deb topildi
«O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» onlayn-resursi eng kutilgan savdo-ko‘ngilochar markazni aniqlash maqsadida ochiq Telegram-so‘rovnoma o‘tkazdi

ETÉRA Mall eng ko‘p kutilayotgan savdo-ko‘ngilochar markaz deb e’tirof etildi
«O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» onlayn-resursi eng kutilayotgan savdo-ko‘ngilochar markazni aniqlash maqsadida ochiq Telegram-so‘rovnoma o‘tkazdi.
74 mingdan ortiq foydalanuvchi qatnashgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 61% ovoz olgan ETÉRA Mall loyihasi ishonchli g‘alabaga erishdi. Broadway Plaza, Piramit Mall va Jomiy Mall loyihalari mos ravishda 19%, 12% va 8% ovoz to‘plab, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.
«O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» loyihasi asoschisi Timur Bakiyev quyidagicha fikr bildirdi:
«Toshkent o‘sib, rivojlanib bormoqda, shahar va mamlakat rahbariyati savdo infratuzilmasini yaratishga katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu so‘rovnomaga biz maxsus qurilish yoki ochilishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida bo‘lgan savdo markazlarini kiritdik. O‘ylaymanki, natijalar o‘z-o‘zidan ma’lum».
Eslatib o‘tamiz, savdo-ko‘ngilochar markazi, biznes markazi va apartamentlardan iborat ETÉRA majmuasi poytaxtning Istiqbol va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasida bunyod etilmoqda. Mall’ning umumiy maydoni 50 ming m² dan oshadi. Tijorat infratuzilmasining to‘rt qavatida 100 dan ortiq do‘kon joylashadi, ikki qavatli avtoturargohda esa 350 dan ortiq avtomobil o‘rni nazarda tutilgan. CMWP xalqaro konsalting kompaniyasi ushbu lokatsiyaning kunlik trafik salohiyatini 23 ming kishi deb baholamoqda.
«Natija, shubhasiz, quvonarli va ETÉRA Mall’ning bo‘lajak tashrif buyuruvchilari kutayotgan umidlar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Ammo bu umidlarni oqlash uchun hozir bizga qurilish jarayoni va ijarachilar masalasi ham birdek muhim. Asosiy ijarachilar bilan kelishib oldik, qolganlari bilan ishlayapmiz. Ochilish kelasi yili bo‘lib o‘tadi», – dedi «MANAR Development» bosh direktori Davron Fayzimatov voqeaga izoh berar ekan.
Yaqinda «MANAR Development» ETÉRA Mall’ning asosiy ijarachilari bilan muzokaralarni yakunlagani haqida xabar berilgan edi. Dastlabki kelishuvlar bo‘lajak majmuaning asosiy yo‘nalishlarini – oziq-ovqat riteyli, gastronomiya va ko‘ngilochar sohalarni qamrab oladi.

