Sport

Eshkakchilar Oʻzbekiston hisobiga yana bitta oltin qoʻshib qoʻydi

Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz hisobidagi oltinlar sonini 3 taga yetkazdi va umumiy reytingda 8-oʻringa koʻtarildi.

Eshkakchilar Oʻzbekiston hisobiga yana bir oltin medal qoʻshdi

Oʻzbekiston eshkakchilar jamoasi Osiyo oʻyinlarida yuqori natijalar ko‘rsatishda davom etmoqda.

Akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev Osiyo oʻyinlarining yengil vaznli sportchilar juftligi (LM2x) bahslarida qatnashib, marraga birinchi boʻlib yetib kelishdi va oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

Maʼlumot uchun, bu juftlik joriy yilgi jahon chempionatida ham gʻolib chiqqan edi.

Bu eshkak eshuvchilar bugun qoʻlga kiritgan toʻqqizinchi medal boʻldi: bungacha 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza olingan edi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 3 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza bilan 8-oʻringa koʻtarildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.