Eronning barcha aviakompaniyalari faoliyati dunyo bo‘ylab to‘xtatiladi — AQSH Moliya vazirligi

Eronning barcha aviakompaniyalari faoliyati dunyo bo‘ylab to‘xtatiladi — AQSH Moliya vazirligi
Eronning barcha tijorat aviakompaniyalari faoliyati butun dunyo bo‘ylab to‘xtatiladi. Bu haqda 21-sentyabr kuni AQSH moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.
“23-sentyabrdan e’tiboran Eronning barcha aviakompaniyalari butun dunyo bo‘ylab o‘z ishini to‘xtatadi”, dedi Bessent CNBC telekanaliga bergan intervyusida.
U Tehronga tegishli fuqaro aviatsiyasini yakkalash maqsadida kiritilayotgan qat’iy sanksiyalar mazmunini tushuntirdi.
Bessentning aytishicha, Eron samolyotlariga xizmat ko‘rsatadigan xalqaro aeroportlar AQSH bank tizimidan to‘liq uzib qo‘yiladi. Shundan so‘ng xorijiy operatorlar dollarda hisob-kitob qilish huquqidan mahrum bo‘lish xavfi sabab Islom Respublikasi samolyotlariga yonilg‘i quya olmaydi, qo‘nish joylarini ajrata olmaydi va yo‘lovchi chiptalarini sota olmaydi.
Eron rasmiylari rejalashtirilgan ushbu cheklovlar yuzasidan hali rasmiy munosabat bildirmagan. Aviatsiya embargosi Vashingtonning “Iqtisodiy g‘azab” operatsiyasi doirasida Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirayotgan bir paytda joriy etilmoqda.
AQSH va Isroil Eronga qarshi urush e’lon qilganiga yetti oy bo‘ldi. Urush fevral oyi oxirida Vashington va Tel Avivning muvofiqlashtirilgan zarbalaridan keyin boshlangan edi. Bu holat Hormuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovining buzilishiga, mintaqada uzluksiz raketa zarbalari almashinuviga hamda Eronning tijorat va moliyaviy yo‘llariga bosim kuchayishiga olib keldi.
Dvigatelda muammolar yuzaga kelib, samolyot salonida kuchli silkinish yuz bergan. Hodisa sabab samolyot aeroportga qaytarilgan va Mashhadga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan.

