Siyosat

Eronda Tramp o‘g‘lining boshi uchun 10 mln dollar mukofot qo‘yildi

Eron davlat telekanali AQSH prezidenti Donald Trampning 20 yoshli o‘g‘li Barron Trampning boshini olib kelgan shaxsga 10 million dollar mukofot va’da qilingan uch daqiqalik lavhani namoyish etdi.

Ushbu lavha sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lib, unda Barron Trampning tez-tez boradigan joylari va taxminiy manzillari ko‘rsatilgan. Channel 3 telekanalida efirga uzatilgan syujetda uning Vashingtondagi universitetga borish marshruti ham tasvirlangan.

Rolikda aytilishicha, maxsus xizmat agentlari Barronni kecha-yu kunduz qo‘riqlaydi va o‘zlarini uning universitetidagi talabalar qilib ko‘rsatadi. Lavhaning katta qismi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan sahnalashtirilgan tasvirlarga asoslangan.

Syujetda Barron Trampga nisbatan suiqasd tayyorlanayotgani haqida hech qanday ishonchli dalil keltirilmagan. Bu rolik haqida xabar bergan Isroil OAVlari, undagi da’volar haqiqiy xavf borligini tasdiqlamasligini ta’kidladi.

Bu Eron davlat ommaviy axborot vositalarining Tramp oilasi a’zolariga birinchi marta tahdid qilishi emas. Avvalroq AQSH birinchi xonimi Melaniya Trampga bag‘ishlangan shunday rolik e’lon qilingan va unda u tez-tez tashrif buyuradigan joylar haqida ma’lumot berilgan edi. Shuningdek, ilgariroq Trampning qizi Ivankani o‘ldirishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.