Dunyo

Eron qo‘shni davlatlar aeroportini ishdan chiqarish bilan tahdid qildi

Eron qo‘shni davlatlar aeroportlarini ishdan chiqarish bilan tahdid qildi

AQSH sanksiyalari sabab qo‘shni davlatlar Eron samolyotlarini qabul qilishni to‘xtatsa, ularning aeroportlari izdan chiqadi. Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari Muhsin Rizoiy ma’lum qildi.

“Agar siz bizning reyslarimizni taqiqlab, AQSH bilan hamkorlik qila boshlasangiz, aeroportlaringiz boshqa parvozlarni amalga oshira olmaydi. Agar siz AQSH tomonida bo‘lsangiz, biz sizni boshqa ko‘rmaymiz”, dedi Rizoiy.

U AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy obyektlariga yoki mamlakat tog‘larida joylashgan obyektlarga hujum qilishni xohlashi mumkinligini aytdi.

“Qurolli kuchlarimiz javob harakatlariga tayyor”, deya ta’kidladi Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari.

Hozirda Turkmaniston va Ozarbayjon Eron aviakompaniyalari uchun havo hududini yopgan. Eronning Varesh Airlines aviakompaniyasining Tojikistonga uchgan samolyoti 24-sentyabr kuni Imom Xumayniy aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan. Chunki Turkmaniston o‘z havo hududini kesib o‘tishga ruxsat bermagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.