Eron prezidenti Pizishkiyon AQSH bilan urushni zudlik bilan tugatishga chaqirdi
Eron bugungi kunda kuchli geosiyosiy mavqega ega. Shu bois hozir Yaqin Sharqdagi ziddiyatni manfaatli shartlar asosida yakunlash imkoniyati bor, deb hisoblaydi mamlakat prezidenti Masʼud Pizishkiyon.

Eron Prezidenti Pizishkiyon Qoʻshma Shtatlar bilan zudlik bilan urushni toʻxtatishga chaqirdi.
Pizishkiyonning taʼkidlashicha, "Urush qaysidir nuqtada tugashi kerak. Eng yaxshisi, uni bugun – biz kuchli mavqeda boʻlgan, hurmatga sazovor va butun dunyo gʻalabamizni tan olayotgan bir paytda yakunlashdir".
Prezident Eron oʻzining kamchilik va nuqsonlarini inkor etmasligini, biroq Tehron mamlakatni birlikda olgʻa siljitishga intilayotganini qayd etdi.
Avgust oyi boshida Masʼud Pizishkiyon AQShni tomonlar 18-iyun kuni imzolagan oʻzaro anglashuv memorandumiga rioya qilishga majburlashga chaqirgan edi. Siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, hujjatning amalga oshirilishi mamlakat, mintaqa va Eron ittifoqchilari xavfsizligini mustahkamlaydi.
Vashington va Tehron memorandum imzolaganidan soʻng, tomonlar boʻlajak tinchlik shartnomasining tafsilotlari boʻyicha 60 kunlik muzokaralarni boshladi. Biroq iyul oyi boshida oʻzaro hujumlar qayta tiklandi. Keyinroq Eron memorandumga rioya qilishdan bosh tortganini tasdiqladi, AQSH prezidenti Donald Tramp esa Kongressni Eron bilan urush qayta boshlangani haqida xabardor qildi.

