Dunyo

Eron AQSH hujumlariga tayyorlanmoqda, Ukraina ballistik raketasini jangda sinadi – kun dayjesti

Oʻtgan kun davomida jahonda roʻy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

Eron AQSH hujumlariga tayyorlanmoqda, Ukraina ballistik raketasini jangda sinadi – kun dayjesti

Madinaga hujum qilingani aytilmoqda

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya husiylar bir necha kun avval Madinadagi elektr taqsimlash stansiyasiga hujum qilganini maʼlum qildi. Bu inshoot Islom dinining eng muqaddas qadamjolaridan biri bo‘lgan «Masjidun Nabaviy»ni elektr energiyasi bilan taʼminlab keladi. Koalitsiya bayonotiga ko‘ra, hujum natijasida bitta transformator ishdan chiqqan, biroq elektr tarmogʻiga zarar yetmagan.

Saudiya boshchiligidagi koalitsiya dron qoldiqlarini tekshirish orqali seshanba kungi hujumni amalga oshirishda husiylarning aloqadorligi tasdiqlanganini bildirdi.

Biroq husiylar bunday hujum uyushtirgani haqidagi ayblovlarni inkor etdi. «Saudiya Arabistoni - husiylar muqaddas Makkani nishonga olgani haqidagi avvalgi ayblovini asoslay olmaganini yashirish uchun oʻylab topilgan navbatdagi yolgʻondir», deyiladi husiylarga qarashli agentlik tarqatgan raddiyada.

Saudiya ikki hafta oldin Makka janubida, shahar ustidagi taqiqlangan havo hududiga kirmasidan avval husiylarning droni urib tushirilganini aytgandi.

Keyinroq husiylar Yaman poytaxti Sano va boshqa hududlarga Saudiya tomonidan zarbalar berilganini xabar qildi.

Xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatiga ko‘ra, koalitsiya kuchlari poytaxt Sanodagi «yuqori ahamiyatli nishonlar»ga hujum qilgan, biroq bu borada qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.