Dunyo

Er-Riyod aeroportiga qilingan hujumda Oʻzbekistonning ikki fuqarosi yengil jarohat oldi

10 oktyabr kuni Er-Riyad aeroportiga qilingan hujumda Oʻzbekistonning 49 va 29 yoshli ikki nafar fuqarosi yengil tan jarohati oldi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi. Hodisa vaqtida aeroportda boʻlgan yana 20 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi jarohat olmagan.

Er-Riyod aeroportiga qilingan hujumda Oʻzbekistonning ikki fuqarosi yengil jarohat oldi

10 oktyabr kuni Er-Riyoddagi (Saudiya Arabistoni) Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportning 3- terminaliga ballistik raketa bilan berilgan zarba oqibatida Oʻzbekistonning ikki fuqarosi yengil jarohat oldi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

1977 va 1997 yillarda tugʻilgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan, shundan soʻng ular Diriyah Hospital shifoxonasiga yetkazilgan. Tibbiy koʻrik va zarur muolajalar oʻtkazilgach, ikkala bemor ham shifoxonadan javob berilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa vaqtida aeroport hududida boʻlgan yana 20 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi jabrlanmagan, dedi TIV vakili.

«Oʻzbekistonning Er-Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli organlari bilan birgalikda vaziyat rivojini kuzatishda davom etmoqda, fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi va ularga zarur konsullik-huquqiy yordamini koʻrsatmoqda», — dedi Omonulla Fayziyev.

«Gazeta»ning jabrlanganlar qarindoshmi yoki yoʻqmi degan savoliga javob berar ekan, u hozircha bu maʼlum emasligini aytdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.