Iqtisodiyot

Eng tez ösayotgan iqtisodiyotlar: röyxatda Özbekiston ham bor

Xalqaro valyuta jamğarmasi prognozlariga asoslangan infografikada Özbekiston 2026-yilda eng tez ösişi kutilayotgan iqtisodiyotlar qatorida qayd etildi. Röyxatda Janubiy Amerikadagi Gayana yetakçilik qilmoqda: mamlakat real yalpi içki mahsuloti 22,3 foizga ösişi prognoz qilingan.

Eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlar: ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

Ular orasida asosan Osiyo va Afrika davlatlari mavjud

.

XVJ prognoziga ko‘ra, 2026-yil oxiriga borib jahon iqtisodiyoti 3,1 foizga o‘sishi kutilmoqda. Geosiyosiy beqarorlik, energetika sohasidagi silkinishlar va noaniqlikning kuchayishiga qaramay, global iqtisodiy o‘sish davom etishi prognoz qilingan.

Ro‘yxat yetakchisi Gayanada real YAIM o‘sishi 22,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bunday yuqori sur’at asosan mamlakat neft sektorining kengayishi bilan bog‘liq.

Tayvan iqtisodiyoti uchun esa 10,7 foizlik o‘sish prognoz qilingan. Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi va texnologik mahsulotlarga talabning ortishi bu o‘sishni qo‘llab-quvvatlayotgan omillar sifatida ko‘rsatilgan.

Afrikada yuqori o‘sish kutilayotgan iqtisodiyotlar orasida Janubiy Sudan, Efiopiya va Ruanda ajralib turadi. Osiyoda esa Tayvandan tashqari Qirg‘iziston, Vetnam va O‘zbekiston ham qayd etilgan.

Keltirilgan ko‘rsatkichlar 2026-yil yakuniga doir prognozlar bo‘lib, hali qayd etilgan yakuniy natijalar emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.