Eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilarning top-10 taligi e’lon qilindi: ular qancha pul topadi?
Forbes taxminiga ko‘ra, Ronalduning umumiy daromadi 300 million dollarni tashkil etadi. Bu Messining daromadidan ikki

Eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilarning top-10 taligi e’lon qilindi: ular qancha pul topadi?
«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027 yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchisiga aylanadi. Forbes taxminiga ko‘ra, uning umumiy daromadi 300 million dollarni tashkil etadi. Bu Messining daromadidan ikki baravar ko‘p.
Nashr hisob-kitoblarida futbolchilarning klublardan oladigan maoshi va boshqa to‘lovlari, shuningdek, futboldan tashqari faoliyatidan tushadigan daromadlari ham inobatga olingan. Ronaldu «Al-Nasr» klubidan 250 million dollar, boshqa manbalardan esa yana 50 million dollar olishi kutilmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 145 million dollar daromad bilan «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi egalladi. Uchinchi o‘rindan «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe joy oldi — uning daromadi 100 million dollarga baholangan.
Forbes versiyasiga ko‘ra, 2026/2027 yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi 10 futbolchisi quyidagilar:

