Texnologiya

Eng köp fuqarolik samolyoti yetkazib bergan 10 mamlakat

2025-yilda buyurtmaçilarga yetkazilgan fuqarolik samolyotlari böyiça tuzilgan reytingda AQŞ 2485 ta samolyot bilan birinçi örinni egallagan. Airbus alohida kompaniya sifatida Boeinğdan köproq samolyot yetkazib bergan bölsa-da, kiçik va biznes aviatsiyasi işlab çiqaruvçilari AQŞning umumiy körsatkiçini oşirgan.

Eng ko‘p fuqarolik samolyoti yetkazib bergan 10 mamlakat

Reddit infografikasi mualliflari hisob-kitobga faqat yirik yo‘lovchi laynerlarini emas, balki umumiy maqsadli aviatsiya samolyotlari, biznes-jetlar, kichik turbovintli va mintaqaviy samolyotlarni ham kiritgan.

Reytingda 2025-yilda shunchaki yig‘ilgan emas, aynan buyurtmachilarga topshirilgan samolyotlar hisoblangan.

Airbus va Boeing o‘rtasida kim oldinda?

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Airbus 793 ta, Boeing esa 600 ta samolyot yetkazib bergan. Shu tariqa, ikki yirik ishlab chiqaruvchi o‘rtasida Airbus ustun kelgan.

Biroq mamlakatlar kesimida natija boshqacha. AQSh ko‘rsatkichiga Boeing bilan birga Cirrus, Textron Aviation, Gulfstream va Piper samolyotlari ham qo‘shilgan:

- Cirrus - 797 ta;

- Textron Aviation - 639 ta;

- Boeing - 600 ta;

- Piper - 291 ta;

- Gulfstream - 158 ta.

Jami 2485 ta samolyot bilan AQSh reytingda katta farq bilan birinchi o‘rinni egallagan.

Fransiya ikkinchi, Avstriya uchinchi o‘rinda

Fransiyaga jami 960 ta samolyot to‘g‘ri kelgan. Bu raqam Airbus’ning 793 ta, Daher’ning 76 ta, Dassault’ning 37 ta, ATR’ning 32 ta va Elixir’ning 22 ta samolyotidan tashkil topgan.

Biroq reytingning muhim uslubiy jihati bor: mualliflar Airbus samolyotlarining barchasini Fransiya hisobiga kiritgan. Aslida kompaniya samolyotlari boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqariladi. Shu sababli ro‘yxatni samolyotlar aynan qaysi davlat hududida yig‘ilganini to‘liq aks ettiruvchi statistika sifatida qabul qilib bo‘lmaydi.

Uchinchi o‘rinni Diamond Aircraft’ning 235 ta samolyoti bilan Avstriya egallagan. Kompaniya asosan umumiy maqsadli aviatsiya samolyotlari va motoplanerlar ishlab chiqaradi.

Braziliya va Italiya ham kuchli beshlikda

Braziliya 233 ta samolyot bilan to‘rtinchi o‘ringa chiqqan. Shundan 78 tasi Embraer’ning tijoriy aviatsiya yo‘nalishiga, 155 tasi esa biznes-jetlar ishlab chiqaruvchi Embraer Executive Jets bo‘linmasiga to‘g‘ri kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.