Energiya uchun toʻlovlar boʻyicha yordam «yetarlicha uzoqqa bormaydi»
Uyest-Midlendsdagi oilalar qishki energiya toʻlovlarini toʻlashdan xavotirda ekanliklarini aytmoqdalar.

Energiya toʻlovlari boʻyicha yordam «yetarli emas»
Ikki farzandning onasi Kelli Birkett hukumatning byudjet boʻyicha bayonotidan soʻng ularning «ahvoli yaxshilanmasligini» aytdi
Uest-Midlendsdagi xonadonlar byudjet eʼlon qilinganidan soʻng, taklif qilinayotgan yordam yetarli boʻlmasligidan xavotirlanib, hukumatdan energiya toʻlovlari masalasini yana bir bor koʻrib chiqishni soʻrashmoqda.
Moliya vaziri Jon Xili turmush darajasi narxini jilovlashga qaratilgan kengroq chora-tadbirlar paketining bir qismi sifatida 100 funt sterling miqdoridagi «xonadonlar uchun energiya toʻlovi»ni va gaz uchun doimiy abonent toʻlovini bekor qilish boʻyicha kelajakdagi rejani eʼlon qildi.
Mintaqadagi oilalar BBC ga berilgan yordam uchun «minnatdor» ekanliklarini, ammo qishda moliyaviy ahvollaridan xavotirda ekanliklarini aytishdi.
Redditchlik shaxsiy hisobchi Kelli Birkett shunday dedi: «100 funt sterling yaxshi, lekin u qadar katta summa emas. U shunchaki oilalar kun kechirish uchun toʻlashi kerak boʻlgan boshqa hamma narsaning ichida singib ketadi».
Turmushga chiqqan va ikki farzandning onasi boʻlgan Birkettning aytishicha, uning oilasi Byudjet eʼlon qilinganidan keyin nimalarni tejash haqida allaqachon oʻylamoqda.
«Bilaman, 100 funt uchun biroz noshukur boʻlib koʻrinayotgandirman va bunday boʻlishni xohlamayman. Men aslo noshukur emasman», dedi u.
«Ammo reallikda ahvolimiz hech ham yaxshilanmadi. Harorat tushib ketayotgani sababli isssiqlik tizimini yoqishga majbur boʻlishimizni bilamiz, bolalar sovuqda qolishi mumkin emas.
Isitish masalasiga kelganda biroz tejamkorroq boʻlishga harakat qilamiz, lekin bu aksariyat oilalarni (qishda) xavotirga soladigan narsa ekanligi aniq».
Moliya vaziri Jon Xili Byudjet oilalarga «erkin nafas olish imkonini» berishini aytdi
Olsterlik avtobus haydovchisi Mark Samnerning aytishicha, u va ayoli sobiq uylarini qisman energiya toʻlovlari kabi toʻplanib qolgan eski qarzlarni uzish uchun sotishgan.
U BBC ga «energiya boʻyicha qarzdorlikka» botib qolganliklarini va oldindagi qishdan xavotirda ekanliklarini aytdi.
«Toʻlovlarimiz yana oshishini bilamiz, har safar oshish vaqti kelganda uning qancha boʻlishini oʻylab vahimaga tushasiz», dedi u.
«Men endi bolalarimni biror narsa yeyish uchun tashqariga juda kamdan-kam olib chiqaman va doʻkonlarda sarflaydigan narsalarimizga juda ehtiyotkormiz.
Hukumat eʼlon qilgan narsa foydali. Noshukur boʻlishni xohlamayman, shuning uchun bu biz uchun foydali deyman, lekin bu ehtimol (toʻlovlarning) faqat bir oyini qoplaydi, xolos.
Shunday qilib, bu kichik yordam, lekin yetarli emas».
Hukumatning bildirishicha, Byudjetda belgilangan chora-tadbirlar, jumladan, yoqilgʻi bojini muzlatish, eng kam ish haqini 3,9 foizga oshirish va ISA investitsiya sugʻurtasi boʻyicha 20 000 funt sterlinglik soliqdan ozod qilingan limitni kamaytirish rejalaridan voz kechishdan «millionlab oilalar» naf koʻradi.
Moliya vaziri Jon Xili energiya boʻyicha eʼlon qilingan bayonot hukumat oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun qilayotgan ishlarning «faqat kichik bir qismi» ekanini aytdi.
«Yaqin Sharq va Yevropadagi nizolar bu yerdagi oilalarga kundalik xarajatlarning oshishi orqali taʼsir qilmoqda», dedi u.
«Biz global voqealarni nazorat qila olmaymiz, lekin oʻzgarish qilishimiz mumkin boʻlgan joyda harakat qila olamiz».
Gaz boʻyicha doimiy abonent toʻlovini bekor qilish uchun aniq sana belgilanmagan, ammo Gʻaznachilik buni 2027 yilda yoki «undan keyin imkon qadar tezroq» qilishga vaʼda bergan.
Elektr energiyasi toʻlovlari boʻyicha AQS (QQS) ni kamaytirish muddati aprel oyida tugashi kerak edi, endi u kelasi yilning iyuligacha uzaytiriladi.

