Mahalliy

Energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi

Dunyodagi yetakchi universitetlarda o‘qish uchun esa har yili 50 nafar yoshga grant beriladi.

Energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi

Prezident yangi energetika obyektlarining samarali faoliyati malakali mutaxassislarga bog‘liqligini ta’kidladi. Saudiya Arabistonining «ACWA» kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishni boshlamoqda.

Prezident boshqa investorlarni ham o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlash jarayonida ishtirok etishga chaqirdi. Shu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida investorlarga hududlardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga tayyorlik bildirildi.

Kelasi o‘quv yilidan mahalliy oliy ta’lim muassasalarida energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Shuningdek, har yili 50 nafar yoshning dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olishi uchun davlat granti ajratiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.