Mahalliy

Energetika muammolari instituti direktori vafot etdi

Hakim Muratov o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyati davomida energetika sohasini rivojlantirish, sohada ilmiy-tadqiqot

Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligi matbuot xizmatlarining ma'lum qilishicha, Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Hakim Mahmudovich Muratov vafot etdi.

Hakim Muratov uzoq yillik ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyati davomida energetika sohasini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shgan.

U energetika sohasi taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilib, ilmiy izlanishlar olib borgan va ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.

Xabar.uz marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.