Endi Oʻzbekistonda oʻqituvchilarni qoʻshimcha asoslarsiz bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilgani uchun ishdan boʻshatish mumkin boʻladi
Oʻzbekistonda taʼlim muassasasi xodimi tomonidan bolaga nisbatan zoʻravonlik qilinishi ishdan boʻshatish uchun mustaqil asos boʻladi. Bu Mehnat kodeksining 161-moddasiga qoʻshimcha kiritgan 14 oktyabrdagi OʻRQ-1180-sonli qonunda koʻzda tutilgan. Ilgari bunday holatlar mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish sifatida rasmiylashtirilar edi. Buning uchun tegishli asos muassasaning ichki qoidalarida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak edi. Bunda ish beruvchilar […]

Endi Oʻzbekistonda oʻqituvchilarni bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilgani uchun qoʻshimcha asoslarsiz ishdan boʻshatish mumkin boʻladi
Oʻzbekistonda taʼlim muassasasi xodimi tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik ishlatilishi endilikda ishdan boʻshatish uchun mustaqil asos deb hisoblanadi. Bu Mehnat kodeksining 161-moddasiga qoʻshimcha kiritilgan 14 oktyabrdagi OʻRQ-1180-sonli qonun bilan mustahkamlandi.
Ilgari bu kabi holatlar mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish sifatida rasmiylashtirilar edi. Buning uchun tegishli asos muassasaning ichki qoidalarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak edi.
Shu bilan birga, ish beruvchilar avvalgidek ishdan boʻshatish tartibiga rioya qilishga majburdirlar. Qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, sud xodimni oʻz ishiga qaytarib tiklashi mumkin.

