Iqtisodiyot

Endi Oʻzbekistonda davlat aktivlarini 7 yilgacha foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish mumkin

Prezident farmoniga muvofiq, mingga yaqin davlat koʻchmas mulk obʼyektlari va ulushlari E-auksion platformasiga chiqarildi. Ularni yetti yilgacha boʻlgan muddatga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish mumkin. Eng koʻp lot Toshkent shahrida joylashgan — 143 ta obʼyekt. Qoraqalpogʻistonda 108 ta, Toshkent viloyatida — 89 ta, Jizzaxda — 86 ta, Qashqadaryoda — 84 ta lot mavjud. Shuningdek, savdolarga […]

Endi Oʻzbekistonda davlat aktivlarini 7 yilgacha boʻlgan muddatga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish mumkin

Prezident farmoniga koʻra, E-auksion platformasiga mingga yaqin davlat koʻchmas mulk obʼyektlari va ulushlari joylashtirildi. Ularni yetti yilgacha boʻlgan muddatga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish mumkin.

Eng koʻp lotlar Toshkent shahrida joylashtirilgan — 143 ta obʼyekt. Qoraqalpogʻistonda 108 ta, Toshkent viloyatida — 89 ta, Jizzax viloyatida — 86 ta, Qashqadaryo viloyatida — 84 ta lot mavjud.

Davlat aktivlari mamlakatning boshqa hududlarida ham savdoga chiqarilgan. Fargʻona viloyatida 33 ta, Andijon viloyatida — 34 ta, Namangan viloyatida — 49 ta lot taqdim etilgan.

Davlat aktivlarini faqat E-auksion platformasi orqali sotib olish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.