Endi banklar mijoz kartasidagi barcha pulni yechib ololmaydi
Regulyator qaroriga muvofiq, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kredit va (yoki) kafillik to‘lovlarini undirish nazarda

Endilikda banklar mijoz kartasidagi barcha mablag‘ni yechib ololmaydi
O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklarining mijozlar bilan munosabatlariga doir talablarga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, banklar kredit yoki kafillik to‘lovlari uchun mijozning topshirig‘isiz uning bank kartalaridan pul yechib olayotganda, hisobvaraqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmi — 680 ming so‘mga teng mablag‘ni saqlab qolishi shart.
Regulyator qaroriga binoan, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kredit va (yoki) kafillik to‘lovlarini undirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, mijozning barcha bank kartalari hisobvaraqlarida belgilangan eng kam mablag‘ saqlanishi kerak.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach, ya’ni 2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradi.

