Layfstayl

Ekvadorda hayvonlarga to‘ylarda guvoh bo‘lishga ruxsat berildi

Ekvadorda uy hayvonlariga to‘y marosimlarida guvoh bo‘lishga ruxsat berildi. Bu haqda mahalliy Primicias nashri ma'lum qildi.

May oyidan boshlab, uy hayvonlari nikoh marosimida ishtirok etishi va hatto esdalik sertifikatida panja izini qoldirib, maxsus hujjatga “imzo” qo‘yishi mumkin. Biroq, qonunchilar kelin va kuyovning nikohni rasmiylashtirish uchun ikki nafar odamni guvoh sifatida taklif qilishini shart deb belgilamoqda.

Hozirgacha 50 dan ortiq ekvadorlik juftlik o‘z it va mushuklari bilan nikohdan o‘tdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, aholisi qariyb 19 million kishini tashkil etadigan mamlakatda 7,6 million nafar aholi uy hayvoniga ega. Ayni paytda mamlakatda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni bundan ikki baravar kam.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.