Ekstremistik taşkilotlar va materiallarning elektron reyestri yuritiladi
«Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, Adliya vazirligi tomonidan Ekstremistik taşkilotlarning, materiallarning (manbalarning) elektron reyestri yuritiladi.

Ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestri yuritiladi.
Elektron reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Elektron reyestrga quyidagilar kiritiladi:
ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati to‘xtatib turilgan tashkilotlar;
ekstremistik deb topilgan tashkilotlar;
ekstremistik deb topilgan materiallar;
telekommunikatsiyalar yoki Internet tarmog‘idagi tizimli ravishda (1 yil mobaynida 2 va undan ortiq marotaba) ekstremistik materiallar joylashtirilgan va tarqatilgan elektron manbalar.
Materialni (manbani) ekstremistik deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan Bosh prokuraturaga taqdim etiladi.
Iltimosnomaga materialda (manbada) ekstremistik material mavjud ekanini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Bosh prokuratura materialni (manbani) ekstremistik deb topish to‘g‘risidagi hujjatlarning asosliligini tekshiradi. Unga rozi bo‘lgan taqdirda, materialni (manbani) ekstremistik deb topish to‘g‘risidagi ariza Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan Oliy sudga kiritiladi.
Oliy sud tomonidan materialni (manbani) ekstremistik deb topish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

