Mahalliy

Ekopolitsiya xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi

Ekopolitsiya xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita matubot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-sentyabr kuni soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida tezkor reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Shu reyd davomida Mirzo Botirov elektr qarmoq bilan baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga duch kelib, suvga tushib ketgan.

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 10-sentyabr kuni inspektorning jasadi topilgan.

Hozirda marhumning oila a‘zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Mirzo Botirovning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta‘minlash yo‘lidagi xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, u vafotidan so‘ng “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.