Ekologik ekspertiza xulosasi uchun arizalar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi
2026-yil 11-maydagi 234-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali

Ekologik ekspertiza xulosasi uchun arizalar endi faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi
2026-yil 24-sentyabr soat 18:00 dan boshlab davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali qabul qilinadi.
Mazkur tartibni joriy etish uchun zarur texnik ishlar bajarildi. YaIDXPda test rejimida arizalarni qabul qilish hamda ular bo‘yicha xulosalarni elektron shaklda taqdim etish sinovdan o‘tkazildi. Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangani sababli, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi.
Shu sanadan e’tiboran eco-service.uz sayti orqali arizalarni qabul qilish to‘xtatiladi.
Arizalarni belgilangan tartibda my.gov.uz portali orqali yuborish so‘raladi.

