EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
Husanov va Rahmonaliyev 1-turni safarda o‘tkazadi

EChL 2026/2027: Guruh bosqichining to‘liq o‘yinlar jadvali ma’lum qilindi
UEFA 2026/2027-yilgi mavsum Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichi uchun to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Ushbu bosqichda har bir jamoa jami sakkizta o‘yin o‘tkazadi: ularning to‘rttasi uyda va to‘rttasi safarda bo‘ladi.
Joriy mavsumdan boshlab, bir jamoaning bir raqibga qarshi ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga ruxsat berilmaydi.
Guruh bosqichining birinchi turi uch kun davomida — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlari bo‘lib o‘tadi. Keyingi turlar ikki kun ichida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda start oladi.
Birinchi turda Abduqodir Husanov va "Manchester Siti" safarda "Portu"ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin bizning vaqt bilan 9-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da boshlanadi.
Umarali Rahmonaliyev va "Sabah" esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyut uchrashuvini "Manchester Yunayted" maydonida o‘tkazadi. Bu o‘yin bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.

