Sport

DXX Kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi (foto)

DXX Kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kubogining Respublika bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda tashkilotchilar, futbol mutasaddilari va ishtirokchi jamoalar vakillari ishtirok etishdi. Bu yil oltinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi barcha tuman va shaharlar miqyosida jami uch bosqichda o‘tkazilmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol yo‘nalishlarida, qizlar esa faqat mini-futbol bo‘yicha bellashadilar.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Respublika bosqichi o‘yinlari 17-22-avgust kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi esa 22-avgust kuni “Jar” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.