Layfstayl

Dunyodagi eng uzun kruiz boshlandi: sayyohlar sayohatda 371 kun boʻladi

Dunyo boʻylab sayohat 348 ta kayutali Regatta kruiz laynerida amalga oshiriladi.

Dunyodagi eng uzun kruiz yoʻlga qoʻyildi: sayyohlar safarda 371 kun boʻladi

Explorations by Norwegian kompaniyasi dunyo boʻylab 371 kunlik kruizni boshladi.

Maʼlum qilinishicha, bu yilgi ilk reys uchun barcha oʻrinlar band qilingan, ammo kelasi yilda safarga chiqmoqchi boʻlganlar 8 kundan 371 kungacha davom etadigan marshrutlardan birini tanlashi mumkin boʻladi. Safar Avstraliyadan boshlanishi rejalashtirilgan.

Dunyo boʻylab sayohat davomida yoʻlovchilar 220 ta portga kirib boradi. Shu bilan birga, tashkilotchilar takroriy toʻxtashlar imkon qadar kam boʻlishini va «hamma narsa ichida» formatida xizmat koʻrsatilishini vaʼda qilmoqda.

«Siz yangilik va gʻayrioddiylik izlayotgan tajribali sayohatchimisiz yoki ilk katta safaringizga otlanishga tayyor insonmisiz, bundan qatʼi nazar, Explorations by Norwegian sizni dunyoni aynan oʻzingizga xos uslubda kashf etishga taklif qiladi», - deyiladi kruiz kompaniyasi saytida.

2026-yilgi jahon sayohati jami 371 kun davom etadi va u allaqachon Rimdan boshlangan. Kelasi yilgi kruiz biroz qisqaroq — 367 kun boʻladi va unga fevral oyida joʻnab ketish mumkin. Marshrut oʻnlab mamlakatlar va mashhur sayyohlik yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Yevropada yoʻlovchilar, xususan, Neapol, Kopenhagen va Helsinkiga borishi mumkin. Marshrutning Afrika qismi esa Kabo-Verde, Keyptaun va Zanzibar kabi mashhur yoʻnalishlar haqidagi orzularni roʻyobga chiqarish imkonini beradi. Toʻxtash manzillari roʻyxatiga Alyaska, Yaponiya va Gretsiya ham kiritilgan.

Dunyo boʻylab sayohat 348 ta kayutali Regatta laynerida amalga oshiriladi. Kema bortida yoʻlovchilarni sara taomlar restorani, SPA markazi va basseyn kutmoqda. Bundan tashqari, mehmonlar zamonaviy fitnes markazi, kutubxona va zamonaviy bardan foydalanishi mumkin.

Dengizda bir yildan koʻproq vaqt oʻtkazishni istamaganlar uchun kompaniya qisqaroq marshrutlarni taklif qiladi. Toʻliq jahon sayohatining narxi esa 75 ming dollardan boshlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.