Layfstayl

Dunyodagi eng chiroyli va betakror kutubxonalar (foto)

**Dunyodagi eng go‘zal va noyob kutubxonalar (fotosuratlar)**

Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir davrda ham bosma kitoblar o‘z ahamiyatini yo‘qotmayapti. Issiq choy ichib, ko‘rpaga o‘ranib kitob mutolaa qilishning o‘zgacha zavqi bor. Shu bois, sirli muhitga ega va o‘quvchilarni ajoyib olamlarga chorlaydigan, o‘n minglab asarlar saqlanadigan kutubxonalar tobora ko‘proq mahalliy aholi va sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.

**Triniti kolleji kutubxonasi, Dublin, Irlandiya**

Noyob asarlar va xaritalar bilan to‘la to‘q rangli yog‘och javonlar, gumbazsimon shift, yozuvchilarning marmar byustlari – ko‘pchilik qadimiy klassik kutubxonani aynan shunday tasavvur qiladi. Irlandiyadagi 200 ming kitobdan iborat eng katta adabiy xazina nafaqat 800-yilga oid noyob muqaddas Kelt kitobi bilan, balki mashhur tashrif buyuruvchilar – Triniti kolleji bitiruvchilari bilan ham shuhrat qozongan. Ular orasida Vladimir Nabokov, Oskar Uayld va Jonatan Svift kabi adiblar bor.

**Admont abbatligining kutubxonasi, Admont, Avstriya**

Barokko uslubidagi haqiqiy hashamatli kutubxona Benediktinlar monastirida joylashgan. Uning 70 metr uzunlikdagi oq zalining yettita gumbazi Bartolomeo Altomontening freskalari bilan bezatilgan. Taxminan 200 ming nusxadan iborat fondi bilan dunyodagi eng yirik monastir kutubxonasi hisoblanadi. Jozef Shtammelning haykallari (yog‘ochdan yasalgan bo‘lsa-da, bronza bo‘yoq bilan qoplangan) interyerga alohida ko‘rk va ulug‘vorlik baxsh etadi.

**Binhai kutubxonasi, Tyanjin, Xitoy**

Gollandiyaning MVRDV arxitektura firmasi tomonidan yaratilgan, markazida yorqin sfera joylashgan kosmik dizayn tufayli Binhai kutubxonasi dunyodagi eng g‘ayrioddiy kutubxonalardan biriga aylangan. Kitoblar shiftga qarab ko‘tariladigan terrasasimon tokchalarida joylashtirilgan. Shu bois futuristik bino inson ko‘ziga o‘xshab ketadi.

**Rossiya milliy kutubxonasi, Sankt-Peterburg, Rossiya**

Kutubxona loyihasi Yekaterina II tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Aleksandr I davrida tantanali ravishda ochilgan. Bugungi kunda mazkur kutubxona 38 millionga yaqin kitob, qo‘lyozma va turli hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Aytgancha, shiftgacha bo‘lgan kitob javonlari va harakatlanuvchi narvonlar ko‘pchilikka “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi kutubxonani eslatadi.

**Eskorial Qirollik kutubxonasi, San-Lorenso-de-El-Eskorial, Ispaniya**

**Muqaddas Gall monastiri kutubxonasi, Shveysariya**

**Brandenburg texnika universiteti kutubxonasi, Kotbus, Germaniya**

**Handelingenkamer parlament kutubxonasi, Gaaga, Niderlandiya**

**Sankt-Florian monastiri kutubxonasi, Avstriya**

**Qatar Milliy kutubxonasi, Doha, Qatar**

**Mazarini kutubxonasi, Parij, Fransiya**

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.