Dunyo

“Dunyoda ikkita qudratli davlat bor, uchinchisi yoʻq” – Ilhom Aliyev Rossiyani qudratli davlatlar qatoriga qoʻshmadi

Ozarboyjon prezidentining taʼkidlashicha, Boku bir vaqtning oʻzida Vashington va Pekin bilan strategik hamkorlik oʻrnatgan.

“Dunyoda ikkita qudratli davlat bor, uchinchisi yoʻq” – Ilhom Aliyev Rossiyani qudratli davlatlar qatoriga kiritmadi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev dunyoda faqat ikki qudratli davlat — Xitoy va AQSH borligini aytdi.

“Ular dunyodagi eng qudratli ikki davlatdir, uchinchisi yoʻq”, — dedi u “Yangi Ozarboyjon” partiyasining VIII syezdidagi chiqishida.

Aliyevning soʻzlariga koʻra, Boku bir vaqtning oʻzida Vashington va Pekin bilan strategik hamkorlik yoʻlga qoʻygan: Xitoy bilan strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya, AQSH bilan esa strategik xartiya imzolangan.

“Bizga boʻlgan ishonch, bizga boʻlgan munosabat, soʻzimizga boʻlgan ishonch. Dunyoda bizning soʻzimiz imzomizdek qadrli ekanini bilmaydigan odam qolmagan. Nima desak, oʻsha gapimizda turamiz. Hech qachon ikki yoqlama oʻyin oʻynamaganmiz. Hech qachon biror davlatga nisbatan ikkiyuzlamachilik, riyokorlik qilmaganmiz. Holbuki, biz bunday munosabatlarga koʻp marta duch kelganmiz, bugun ham duch kelyapmiz. Ammo biz hech qachon ulardek boʻlmaymiz. Biz oʻzimizni hurmat qiladigan insonlarmiz, biz qadr-qimmat bilan yashaymiz, siyosatimizni ham qadr-qimmat bilan yuritamiz”, dedi Ozarboyjon prezidenti.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.