Dunyoda eng koʻp suvni qaysi davlat ishlatadi?
Hindiston tabiiy manbalardan chuchuk suv olish hajmi boʻyicha dunyoda yetakchilik qilmoqda - yiliga qariyb 761 mlrd kub metr. Buning taxminan 688 mlrd kub metri qishloq xoʻjaligi hissasiga toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrinlarda Xitoy va AQSH qayd etilgan.

Dunyoda eng koʻp suvni qaysi davlat ishlatadi?
Unda keltirilgan raqamlarga koʻra, chuchuk suv olish hajmi eng yuqori boʻlgan besh davlat quyidagilar:
Oʻrin | Davlat | Yillik suv olish hajmi
1 | Hindiston | 761 mlrd kub metr
2 | Xitoy | 581 mlrd kub metr
3 | AQSH | 444 mlrd kub metr
4 | Indoneziya | 223 mlrd kub metr
5 | Pokiston | 183 mlrd kub metr
Bu yerda suv olish deganda daryolar, koʻllar va yerosti suv qatlamlaridan keyinchalik foydalanish uchun suv chiqarib olish tushuniladi. Koʻrsatkich suvning butunlay sarflanib, yoʻqolib ketishini anglatmaydi: olingan suvning bir qismi tabiiy muhitga qaytadi.

